Erkak sportchi qiziga Osiyo o‘yinlarida qatnashish uchun chet elga chiqishiga ruxsat bermay, xorijga chiqish pasportini olishiga to‘sqinlik qilgach, bu ishga bolalar ombudsmani va boshqa idoralar aralashdi. Natijada ota qiziga bu jarayon uchun ruxsat berdi.
Oktabr oyidan boshlab O‘zbekistonda pochta orqali ID-karta va xorijga chiqish pasportini uyga yetkazib berish xizmatini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
25 yoshga to‘lmagan O‘zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish pasporti 5 yil muddatga berilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ilgari bu 16 yoshni tashkil etgan. Bu bo‘yicha prezident farmoni bir yil avval qabul qilingan bo‘lsa-da, bu haqda jamoatchilikka keng ma’lumot berilmagan.
Prezident qarori bilan 1 avgustdan xorijga chiqish biometrik pasportini YAIDXP va DXM orqali berish amaliyoti to‘liq yo‘lga qo‘yiladi. Yagona portalda murojaat qaysi bosqichda ekanligini kuzatib borish imkoniyati ham yaratiladi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi. Shuningdek, ushbu pasport uchun boj miqdori tushirildi.
Prezident farmoni bilan 1 yanvardan fuqarolarga ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini berish DXM orqali ham amalga oshiriladi, qolaversa, pasport uchun to‘lov narxi BHMning 1,2 baravaridan 1 baravarigacha arzonlashtiriladi. Bundan tashqari, bosqichma-bosqich 87 turdagi yangi davlat xizmatlari joriy etiladi, 59 ta xizmatning ko‘rsatish muddati esa qisqartiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting